"Milliy tiklanish" imzo varaqalarini topshirdi


136     16.08.2024

   Bugun "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi vakolatli vakili tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga “E-saylov” axborot tizimi orqali saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma yuborildi.

   Shu bilan birga partiya Markaziy kengashida tashkil qilingan ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha to‘plangan imzo varaqalari Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etildi.

   Saylov kodeksining 69-moddasiga asosan Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.