To‘g‘ri ovqatlanish bog‘chadan boshlanadi


565     16.10.2025

Qonunchilik palatasida partiya fraksiyasi hamda Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi hamkorligida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom ovqatlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va bo‘shliqlar masalasida davra suhbati boshlandi.

– Millat genofondini saqlash “Milliy tiklanish”ning Saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifa hisoblanadi. Buning uchun esa avvalo to‘g‘ri va sifatli ovqatlanish zarur. To‘g‘ri ovqatlanish esa bog‘chalardan boshlanadi, – dedi yig‘ilishni olib borayotgan fraksiya rahbari o‘rinbosari Nodir Tilavoldiyev.