554 16.10.2025
Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatimizdagi 7 mingga yaqin bog‘chalarning 4900 tasida autsorsing, 2000 tasida esa anʼanaviy tarzda bolalar ovqatlantiriladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Temurjon Komilovning aytishicha, bog‘chalarda sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash uchun hamshiralarni o‘qitishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. O‘rganishlardan maʼlum bo‘ldiki, hamshiralar yaxshi ishlagan bog‘chalarda ovqatlanish bilan bog‘liq muammolar deyarli uchramaydi.