593 17.10.2025
Xalqimiz manfaati, davlatimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ham, hatto o‘y-xayollarimiz, xatti-harakatlarimiz ham Yangi O‘zbekiston islohotlariga mos bo‘lishi kerak. Kuni kecha Toshkent viloyatida ulkan majmua – yangi xalqaro aeroport qurilishiga start berilgani ham, shubhasiz, shu maqsaddagi muhim qadamlarning navbatdagisi bo‘ldi.
Haqiqatan ham megapolisga aylanayotgan Toshkent uchun amaldagi aeroport borgan sari kichiklik qilib borayotgan edi. Shahar hududida joylashgani uchun esa uni kengaytirishning hech iloji yo‘q.
Lekin yurtimiz dunyoga keng ochilganidan so‘ng xorijiy sayyohlar soni 3 mln.dan 10 mln.ga oshgani, 2030-yilga borib bu raqamlar 15 mln.ga yetishi, so‘nggi sakkiz yilda poytaxtga avia yo‘lovchilar oqimi 3 karra oshib, yiliga 9 mln.ga yaqinlashgani, 2040-yilga borib, 24 mln.dan ko‘payishini inobatga olsak, yangi aeroportga bo‘lgan talab kun sayin ortayotgan edi.
Yiliga 20 mln nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladigan, bir vaqtning o‘zida 62 ta havo kemasini saqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan va yiliga 27 mlrd dollar daromad keltiradigan Yangi aeroport nafaqat mintaqamizda yagona bo‘ladi, Sharq va G‘arb, Janub va Shimolni bog‘lovchi yirik aviatsiya xabiga ham aylanadi.
O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarida qurilishi boshlangan maydoni 1 ming 300 gektarni egallaydigan yangi majmua Toshkent viloyati infratuzilmasini yanada rivojlantirish bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Zuxra MIRG‘OZIYEVA,
"Milliy tiklanish" fraksiyasi a'zosi