Fraksiyaning navbatdagi yig‘ilishi boshlandi


886     20.10.2025

Fraksiya yig‘ilishi o‘tgan haftada Prezident ishtirokida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy ahamiyatiga molik voqealar tahlili bilan boshlandi. Jumladan, mahalla tizimini rivojlantirish, yangi xalqaro aeroport loyihasi taqdimoti hamda kasaba uyushmalari faoliyati bilan bog‘liq tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Taʼkidlanganidek, ushbu voqeyliklar “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oya asosida amalga oshirilayotgan Yangi O‘zbekiston islohotlari natijadorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.