Islomiy moliya foizsiz daromadga asoslangan


485     20.10.2025

Islomiy moliyaning huquqiy asosini belgilovchi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ham qizg‘in muhokama qilindi. Deputatlar Soliq kodeksiga ushbu tizim orqali olinadigan daromad foiz deb e'tirof etilayotgani bilan bog‘liq normaga eʼtiroz bildirdi. 

Nodir Tilavoldiyev: mazkur norma islomiy moliya tartiblariga qanchalik to‘g‘ri keladi? Bu tizim asosi foizsiz daromad olishga asoslanganku.