Milliy xilma-xillikdan global birdamlik sari


482     19.10.2025

Ozarbayjonning Boku shahrida Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasi (ICAPP) doimiy komissiyasi hamda ICAPP huzuridagi Osiyo madaniy kengashining “Milliy xilma-xillikdan global birdamlik sari: yangi dunyo tartibida madaniyatning o‘rni” mavzusidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

40 dan ortiq mamlakat siyosiy partiyalari, jumladan, “Milliy tiklanish” vakili Nargiza Hamidova ishtirok etgan yig‘ilishda asosan Osiyo davlatlari o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘tmish bilan kelajakni, an’ana bilan yangilikni, milliylik bilan zamonaviylikni bog‘lovchi madaniyat xalqlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, tinchlik va birdamlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.