Nodavlat sud ekspertizaga ruxsat berilmoqda


585     20.10.2025

Yig‘ilishda birinchi o‘qishda muhokama qilingan “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan endi nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda.

Chunki davlat sud ekspertiza tashkilotlari ish ko‘lami shunchalik ko‘paydiki, xulosasi cho‘zilayotgan ishlar aholi noroziligiga ham sabab bo‘lyapti. Mazkur qonun loyihasi bilan esa fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarda ana shunday holatlarning oldi olinishiga erishiladi.