Oziq-ovqatga bo‘lgan talab keskin oshmoqda


192     19.08.2024

   Ayni paytda boshlangan fraksiya yig‘ilishida “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

   Taʼkidlanganidek, ushbu qonun loyihasi bilan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning asosiy tamoyillari, davlat tomonidan tartibga solish qoidalari, shuningdek, vakolatli davlat organi belgilanmoqda. Yaʼni, ushbu qonun aholini barqaror narxlardagi xavfsiz va sifatli oziq-ovqat bilan taʼminlashga qaratilgan.

   O‘zbekiston aholisi soni bugungi kunga kelib 37 mln kishidan oshdi. 2030-yilga kelib bu ko‘rsatkich 43 mln kishini tashkil qilishi kutilyapti. Bu aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabi 1,2 baravar oshishini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, bu oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga bo‘lgan eʼtiborni keskin oshirish lozimligini ko‘rsatadi.