Chegaraoldi hududlar bo‘yicha Shartnoma ratifikatsiya qilinmoqda


678     27.10.2025

Shu yilning 31-mart kuni Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari o‘rtasida uch davlatning chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risida Shartnomani ratifikatsiya qilish bo‘yicha hujjat imzolangan edi. Yig‘ilishda bu bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.

Deputatlar ushbu hujjat uch davlat fuqarolarining bordi-keldisini yaxshilash, chegaraoldi savdolarining ortishi, infrastruktura loyihalari qurilishi orqali yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishidan kelib chiqib, qonun loyihasini ikki o‘qishda maʼqulladilar.