30 nafar talaba qizlar partiya aʼzoligiga qabul qilindi


537     28.10.2025

Partiyaning Navoiy viloyati Kengashi tomonidan “Siyosatga marhamat” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Navoiy davlat pedagogika universitetida o‘tgan tadbirda mamlakatimizda ayollarning siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada partiyaning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar muhokama qilindi. 

Tadbir yakunida 30 nafar talaba qizlar partiya aʼzoligiga qabul qilindi. Bu yoshlarning siyosiy jarayonlarga bo‘lgan qiziqishi va “Milliy tiklanish”ga bo‘lgan ishonchi namunasidir.