426 28.10.2025
Partiya tomonidan “O‘zlikka sayohat muzeydan boshlanadi” shiori ostida “O‘zimizniki” aksiyasi doirasida videoroliklar tanlovi eʼlon qilingan edi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumki, ushbu tanlov ichki turizmni rivojlantirish, muzeylarga qiziqishni oshirish, qadriyatlarimiz va tarixiy merosimizni keng targ‘ib qilishda aholi, ayniqsa, yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan edi. Nizomga ko‘ra, ishtirokchilar muzeylarimizdagi aholiga nomaʼlum bo‘lgan noyob eksponatlar haqida videolavha tayyorlashi lozim.