Shovqinlar Alsgeymer xastaliklarini ko‘paytirmoqda


212     19.08.2024

   Yig‘ilishda “Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

   Taʼkidlanganidek, shaharlarda aholi va sanoat korxonalari soni oshib borishi natijasida shovqinlar yanada kuchayib, salbiy taʼsiri ham ortib boryapti. Jumladan, shovqinlar shaharliklar orasida Alsgeymer kasalligi, yaʼni xotiraning pasayishi, karlik, bosh miya bilan bog‘liq xastaliklar ortishiga sabab bo‘lmoqda. 

   Ushbu qonun loyihasi aholini shovqinlardan himoya qilish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu borada belgilangan jarimalar miqdori oshirilyapti. Chunki qonunchilikda shovqinlarni keltirib chiqarayotganlarga nisbatan javobgarlik kamligi bunday holatlarni tartibga solishni qiyinlashtirmoqda va bu aholi shikoyatlari ortishiga sabab bo‘lyapti. 

   Shuningdek, ish va bayram kunlari uchun alohida “tungi vaqt” tartibi hamda vakolatli davlat organi belgilanyapti.