Masʼullar vaʼdasi olindi, endi navbat ijroga


529     30.10.2025

Shu kunlarda partiya fraksiyasi aʼzolari yana hududlarda saylovchilar bilan muloqotlar o‘tkazmoqda. Mahalla va ijtimoiy obyektlarda bo‘lib, islohotlar jarayoni bilan tanishyapti, kamchiliklarni o‘rganyapti. Aholining qonunlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflarini eshitmoqda.

Deputat Maxsud Muhammedovning Shofirkondagi o‘rganishlari tuman ijro organlari masʼullari uchrashuvi bilan boshlandi.  Hovlipo‘yon qishlog‘ida o‘tgan uchrashuvda esa aholi elektr toki va eski simyog‘ochlar masalasini ko‘tardi. Deputat shu yerning o‘zida masʼullarni chaqirib, mummoni birga o‘rgandi. Natijada qishloqqa elektr tarmog‘iga ulanadigan 35 ta yangi simyog‘och o‘rnatish va bu ishlarni keyingi oy – noyabrda to‘liq yakunlashga qaror qilindi. Albatta, bu masala deputat nazoratida bo‘ladi.