429 30.10.2025
Markaziy kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova boshchiligidagi guruh “Mening birinchi kutubxonam” loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatida bo‘ldi. Maqsad: bog‘chalarga kitob javonlari va kitoblar to‘plamini sovg‘a qilish orqali bolajonlarni mutolaaga qiziqtirish va maʼnaviy dunyosini boyitish.
Jumladan, Guliston shahridagi 17-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida "Bolangiz bilan kitob o‘qing" aksiyasi tashkil etildi va bog‘chaga uning doirasida bolalarga mo‘ljallangan 70 nomdagi eng sara adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi.