484 30.10.2025
Deputat Azamat Pardayevning Bulung‘ur tumanidagi 31-sonli maktab jamoasi bilan uchrashuvida uzoqdan qatnayotgan o‘quvchilarga ajratilgan avtobusning ijara muddatini uzaytirishda muammo yuzaga kelayotgani bo‘yicha murojaat bo‘ldi. Deputat shu kuniyoq tegishli idora rahbarlari bilan uchrashib, bu masalani ijobiy hal qildi.
Oqtosh mahallasida “yettilik” vakillari bilan ham uchrashgan deputat, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Asalarichilikdan mo‘may daromad topayotgan Baxtiyor Boyxo‘rozovning tajribasini mahallada ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Xalq vakilining saʼy-harakati bilan Mo‘minobod qishlog‘idagi elektr taʼminoti bilan bog‘liq muammo ham yechildi.