557 30.10.2025
Fraksiya aʼzolari Bahodir Mamatxonov va Kozim Tojiyevlar Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev bilan uchrashib, aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlik rivoji va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalarida o‘zaro fikr almashdi. So‘ngra 2-son politexnikum shart-sharoitlari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida esa ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlar bilan tanishdi.
Marmar ishlab chiqaruvchi “MARMARUZ” rahbarlari bilan uchrashgan deputatlar yangi ish o‘rinlari yaratish hamda soliq imtiyozlari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.