482 30.10.2025
Deputat Go‘zal Samiyeva mahalliy Kengash deputatlari hamrohligida Uzun tumani “Jonchekka” mahallasidagi oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan tanishdi. Dori-darmon zahirasi va ularni saqlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Profilaktik tadbirlar, bemorlarning elektron ro‘yxati holatini o‘rgandi.
Shifoxonaga keluvchilar bilan uchrashib, bepul dori-darmonlar bilan taʼminlash va taʼmagirlik holatlari bo‘yicha gaplashdi. Chunki tibbiyot tizimida maishiy korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni qatʼiy cheklab bo‘lmayapti, ayniqsa, chekkka hududlarda.