Viloyatda ichimlik suvi taʼminoti 61 foizga yetgan, lekin...


566     30.10.2025

Qashqadaryo viloyatidan saylangan deputat Farhod Zayniyev G‘uzor tumanida suv taʼminoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi. Jumladan, toza ichimlik suvi taʼminoti va sifati, tizimning barqaror ishlashi hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi 8 yilda Qashqadaryo viloyatida markazlashgan suv taʼminoti darajasi 32 foizdan 61 foizga yetgan bo‘lsada, bu respublikadagi eng past ko‘rsatkichdir. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yaxshilash maqsadida bu yil viloyatga 800 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.