562 31.10.2025
Qonunchilik palatasi deputati Sherzod Qulmatov Sirdaryo viloyatidagi navbatdagi o‘rganishlarida asosiy eʼtiborni Prezidentning 2025-yil 6-martdagi “Sirdaryo viloyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratdi. Shu maqsadda Guliston shahridagi 1-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, bir qator bog‘chalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holati, tayyorlanayotgan ovqatlarning sifati va solinayotgan mahsulotlarni nazoratdan o‘tkazdi.