573 31.10.2025
Qonunchilik palatasi deputati Sayyora Jumayeva Farg‘ona shahridagi bolalar shifoxonasida pullik xizmat ko‘rsatilayotgani bilan bog‘liq holatni o‘rgandi. Bir necha kun oldin bir fuqarodan bu haqda murojaat bo‘lgan edi. Deputat ushbu masalada shifoxona rahbarlari bilan uchrashib, korrupsion holatlarni butunlay cheklash va har qanday sharoitda bolalarga bepul xizmat ko‘rsatish lozimligini taʼkidladi.
– Prezidenimiz korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishida bunday holatlarning 75 foizi aynan hududlarda maishiy shaklda yuz berayotganini bejiz taʼkidlamadilar. Aholi murojaatlaridan bilish mumkinki, afsuski, tibbiyot maskanlarida taʼmagirlik hamon davom etyapti, – dedi deputat.