484 31.10.2025
Deputat Nodirbek Tilavoldiyevning Toshloq tumani “Mehnatobod” mahallasi aholisi bilan bo‘lgan uchrashuvda asosan eʼtibor ichimlik suvi taʼminoti, gaz, elektr energiya va ichki yo‘llar taʼmiri, bandlik masalalariga qaratildi. Chunki kundalik turmushda muhim bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar yaxshilanmas ekan, inson qadri haqida gapirish befoyda.
Investitsiya dasturi asosida taʼmirlanayotgan 23-sonli maktabdagi holatni o‘rgangan deputat tumandagi barcha masʼullarni oyoqqa turg‘azdi. Taʼlim muassasasi allaqachon foydalanishga topshirilishi kerak edi, lekin ishlar hamon yakunlanmagan. “Qish yaqin, endi bu masala tezroq hal bo‘lmagunicha menga ham, mutasaddilarga ham tinim yo‘q”, – deydi deputat.