573 31.10.2025
Shu kunlarda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan Qonunchilik palatasi deputati Jahongir Mamajonov yana Shahrisabz tumani Chungurdak qishlog‘idagi maktab filiali bilan bog‘liq masalani o‘rgandi. Gap shundaki, ushbu qishloqda 61-sonli maktab filialini taʼmirlash masalasi 2022-yilgi dasturga kiritilgan. Tenderda esa “Naxshab binokor” korxonasi g‘olib bo‘lib, zarur mablag‘ ham ajratilgan, lekin uch yildirki ishlar yakuniga yetmayotgan edi. Deputat bir oy oldin murojaat bo‘yicha ushbu masalani o‘rganib, tegishli idoraga so‘rov yuborgan edi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati so‘rovi natija berdi. Maktab taʼmiri deyarli to‘liq yakunlandi.