Yangiqo‘rg‘onda kuz-qishga tayyorgarlik qanday holatda?


590     31.10.2025

Deputat Dilnoza Azizova Yangiqo‘rg‘on tumanidagi o‘rganishlari davomida asosiy eʼtiborni ijtimoiy obyektlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga qaratdi. Jumladan, 34-sonli maktabda bu boradagi ishlar ko‘ngildagidek yakuniga yetkazilgan bo‘lsa, 23-sonli bog‘chada isitish tizimida muammolar bor. Qozonxonalar talab darajasida taʼmirlanmagan, ko‘mir taʼminotida kamchiliklar bor. 59-oilaviy poliklinikadagi tayyorgarlik holati ham ijobiy emas.

Deputatning "Oq tom" mahallasi aholisi bilan bo‘lgan uchrashuvida tushgan murojaatlarning aksariyatiga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.