556 31.10.2025
Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining o‘tkazilishi bu nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun tarixiy voqeadir. Prezidentimizning nufuzli anjumandagi nutqida bu tadbir Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-eʼtibori yuksalib borayotganidan ham dalolat ekani taʼkidlandi.
Taʼkidlash lozim, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, madaniy merosni asrash, ilm-fan va taʼlim sohalarini rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlar bugun dunyo hamjamiyatida keng eʼtirof topmoqda.
Ayniqsa, Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan inklyuziv taʼlim, sunʼiy intellektni rivojlantirish, ayollar yetakchiligi va ekologiya bilan bog‘liq tashabbuslar YUNESKO kun tartibidagi eng dolzarb masalalarga uyg‘undir. Albatta, bu tashabbuslar xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston bugun Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasida haqiqiy maʼnaviy ko‘prikka aylanmoqda. Samarqandda yangragan “Samarqand ruhi” g‘oyasi esa tinchlik, bag‘rikenglik va insoniyatning birligi ramzi sifatida butun dunyo maʼnaviyatini boyitishga xizmat qiladi.
Dilnoza AZIZOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati