Deputat muammolar qurshovida qoldi


501     31.10.2025

Pastdarg‘om tumanida o‘rganishlar olib borayotgan deputat Sherzod To‘xtashev uchun hal qilinadigan masalalar yetarlicha topildi. Mahallalarda o‘tkazilgan uchrashuvlarda aholi quyidagi muammolarni tezroq hal qilishda yordam so‘radi.

Jumladan, “Katta Nayman” mahallasida ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo bor. Oilaviy poliklinika yangi binosi qurilishi hamon yakuniga yetkazilmagan. “Kichik Nayman” mahallasidagi bog‘chaning ikkinchi qavati isitish tizimiga ulanmagan. “Mang‘itobod” mahallasi transformatori zo‘riqish bilan ishlayapti. Simyog‘ochlar esa yaroqsiz holatga kelib qolgan. “Novchandir” mahallasi ichimlik suvi bilan to‘la taʼminlanmagan.