474 31.10.2025
Surxondaryoning Denov tumanida o‘rganishlar olib borayotgan fraksiya aʼzolari Go‘zal Samiyeva hamda Nigora Lutfullayevalar gulchilik bilan shug‘ullanayotgan oilaviy tadbirkor Otabek Bo‘ronov tajribasini nafaqat tumanga, balki butun viloyatga yoyish zarurligini taʼkidladilar. Chunki tadbirkor mahallaning 15 nafar yoshlarini ish bilan taʼminlagan. Niderlandiya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan gul urug‘lari tuvakda o‘stirilib, ko‘chatlari qo‘shni tumanlarga ham tarqatilmoqda.
Deputatlar tumandagi tibbiyot muassasalarida ham bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Shifokorlar, hamshira va bemorlarni bepul dorilar bilan taʼminlash, taʼmagirlik, ayniqsa, “suyunchi” puli berish masalalarida suhbatlashdi.