Izboskandagi bog‘chalar holati o‘rganildi


566     01.11.2025

Andijon viloyatining Izboskan tumanida bo‘lgan Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova bir necha davlat va oilaviy bog‘chalarda, 7-sonli maktabda bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, shart-sharoitlar bilan tanishdi. Bog‘chalarga keltirilayotgan oziq-ovqatlar sifati, taomnomalarni ko‘zdan kechirdi. 

O‘rganishlardan maʼlum bo‘ldiki, 1985-yilda qurilgan 39-sonli bog‘cha hozirda qayta qurish darajasiga kelib qolgan. Ushbu masala deputat nazoratiga olinib, 2026-yilgi dasturga kiritish yuzasidan takliflar berilishiga kelishildi. Shuningdek, harorat sovishi hisobiga bog‘chada  isitish tizimini muddatidan ertaroq ishga tushirish bo‘yicha taklif berildi.