545 02.11.2025
Markaziy kengashda talabalar ishtirokida o‘tkaziladigan “Siyosat maydoni” intellektual ko‘rik-tanlovining tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘ldi. Yosh siyosatchilarning yangi avlodini tarbiyalash maqsadida tashkil qilinadigan ko‘rik-tanlov ikki bosqichda bir nechta Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilishi maʼlum qilindi.
Yig‘ilishda ushbu tanlov targ‘ibotini kuchaytirish va munosib tashkil qilish lozimligi taʼkidlandi. Ishtirokchilarni partiyadan deputatlikka nomzod sifatida zaxiraga olish tashabbusi ilgari surildi.