Oqboshdagi ko'prik qayta ta'mirlanadi


469     02.11.2025

Deputat Baxtiyor Maniyozov Marhamat tumanida mas'ullar bilan mahallalarda aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda oʻrgandi. 

Xususan, tuman hokimi, tuman prokurori hamda mahalliy Kengash deputatlari hamrohligida dastlab Oqbosh mahallasida boʻldi. Ma'lim bo'lishicha mazkur mahalladagi 1989-yilda qoʻlbola usulda qurilgan koʻprik hozirda foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan. Tuman hokimligi tomonidan Oqbosh mahallasida mavjud 250 ta xonadonni katta yoʻlga bogʻlab turuvchi ushbu koʻprikni davlat standartlariga mos ravishda qayta qurish uchun mablagʻ ajratish bo'yicha kelishib olindi.